Kichik biznes
Start
- Savdo, ombor va qarzlar hisobi
- Telegram bot: buyurtma qabul qilish
- Kunlik hisobot Telegram’da
- Texnik yordam va yangilanishlar
Bir martalik ulash + oylik obuna
Narxni bilishBiznes uchun yagona darcha
Savdo, buyurtma, ombor va mijozlar bilan ishlash — bitta tizimda va avtomatik. Siz biznesni o‘stirasiz, tizimni biz quramiz.
Biznesingiz hozir
Savdo, kirim-chiqim va xarajatlar qo‘lda yoziladi. Bir joyda xato bo‘lsa, oxirigacha ketadi.
Bilish uchun do‘konga qo‘ng‘iroq qilasiz yoki kechqurun o‘zingiz borib sanaysiz.
Telegram va Instagram’da mijoz yozadi, javob kechikadi va u boshqa joydan sotib oladi.
Telefonda, chatda, qog‘ozda qabul qilingan buyurtma unutiladi yoki noto‘g‘ri yetkaziladi.
Qoldiq qog‘ozdagi bilan mos kelmaydi, sababini esa topib bo‘lmaydi.
Kim qancha qarz va qachon qaytarishi kerakligi bir odamning boshida yoki daftarda.
Natija: Hamma narsa sizning boshingizda. Siz bo‘lmasangiz, biznes sekinlashadi.
Hisoblab ko‘ring
O‘z raqamlaringizni qo‘ying: kuniga nechta mijoz javobsiz qoladi va o‘rtacha xarid qancha.
Bu taxminiy hisob. Ombordagi kamomad va esdan chiqqan qarzlar bunga kirmagan — aniq hisob yo‘qligi uchun ularni bilib bo‘lmaydi. Bepul auditda sizning raqamlaringiz bilan aniq hisoblaymiz.
Aniq hisobni bepul olishAI endi faqat katta kompaniyalar uchun emas. Bugun uni har qanday do‘kon, sex yoki o‘quv markazi ham ishlata oladi. Kim birinchi boshlasa, raqobatda o‘sha oldinga chiqadi.
Biz nima qilamiz
Tizimlashtirish
Daftar va Excel o‘rniga. Har bir sotuv, kirim-chiqim va qarz avtomatik yoziladi, hech narsa yo‘qolmaydi.
AI yordamchi
Telegram va Instagram’da savollarga javob beradi, narxni aytadi, buyurtma qabul qiladi. Siz uxlayotganingizda ham.
Avtomatlashtirish
Buyurtmani tasdiqlash, qarzdorga eslatma, hisob-faktura, xodimga vazifa — qo‘lda qilinadigan ishlarni dasturga topshiramiz.
Hisobot
Bugungi savdo, foyda, ombordagi qoldiq va qarzlar. Do‘konga qo‘ng‘iroq qilmasdan biznesingizni ko‘rasiz.
Qanday ishlaydi
Do‘kon yopiq, sotuvchi uyda.
Narxni aytadi, rasm yuboradi, manzil va telefonni so‘raydi.
Mahsulot ombordan band qilinadi, ertalabki yetkazish ro‘yxatiga tushadi.
Kechagi savdo, tungi buyurtmalar va ombordagi qoldiq — bitta xabarda.
Takroriy ishni tizim bajaradi. Siz nazorat qilasiz va qaror qabul qilasiz.
MBC Agency bilan
Har bir xabarga darhol javob beriladi, har bir buyurtma yozib olinadi.
Hisob-kitob va nazoratga ketadigan soatlar biznesni o‘stirishga qaytadi.
Savdo, foyda, qoldiq va qarzlar istalgan payt telefoningizda.
Kamomad, unutilgan qarz yoki adashgan buyurtma bo‘lsa, tizim darhol ogohlantiradi.
Jarayonlar tizimda yozilgan. Siz bir hafta bo‘lmasangiz ham ish to‘xtamaydi.
Yangi filial yoki xodim qo‘shish — tizimga yana bitta foydalanuvchi qo‘shish degani.
Tanlov
| O‘z dasturchingiz | Tayyor dastur | MBC Agency | |
|---|---|---|---|
| Narx | Oyiga $500–1 000 maosh* | Litsenziya va sozlash uchun to‘lov | Bir martalik ulash + oylik obuna |
| Moslashuv | Moslaydi, lekin bitta odam hamma ishni bilmaydi | Siz dasturga moslashasiz | Tizim sizning ish tartibingizga moslab quriladi |
| Ketib qolsa | Bilim u bilan birga ketadi | O‘zgartirish uchun yana to‘laysiz | Jamoa ishlaydi, bitta odamga bog‘liq emas |
| AI | Tajribasiga bog‘liq | Ko‘pincha yo‘q yoki alohida | AI yordamchi va avtomatlashtirish tarkibida |
| Javobgarlik | Nazorat sizning bo‘yningizda | Dastur bor, natija uchun javob beradigan odam yo‘q | Natija uchun biz javob beramiz, har oy hisobot |
* O‘zbekistondagi dasturchi maoshi, bozor ma’lumotlari asosida.
Paketlar
Bir marta ulaysiz, keyin tizim har oy uzluksiz ishlab turadi.
Kichik biznes
Bir martalik ulash + oylik obuna
Narxni bilishO‘rta biznes
Bir martalik ulash + oylik obuna
Narxni bilish01 · Bir martalik
02 · Har oy
Narx biznesingiz hajmiga qarab belgilanadi. Birinchi qadam — bepul audit.
Biznes uchun yagona darcha
Tadbirkor buxgalter, yurist va IT mutaxassisini alohida yollab, har biriga maosh to‘laydi. Biz bu xizmatlarni bosqichma-bosqich bitta obunaga jamlayapmiz.
Tizimlashtirish, AI yordamchi, avtomatlashtirish
Hisob, soliq hisobotlari, ish haqi
Shartnomalar, maslahat, hujjatlar
Kadrlar hisobi, reklama va brend
Bepul audit
30–40 daqiqalik uchrashuvda 4 ta yo‘nalishni birga ko‘rib chiqamiz.
Buyurtma qanday qabul qilinadi va qayerda yo‘qoladi
Qoldiq qanday hisoblanadi, kamomad qayerdan chiqadi
Xabarlarga kim va qancha vaqtda javob beradi
Bugungi savdo va foydani bilish uchun nima qilasiz
Natija: yo‘qotishlar ro‘yxati va birinchi navbatda nimani avtomatlashtirish kerakligi. Obunachi bo‘lmasangiz ham bepul.
30–40 daqiqalik uchrashuv. Qayerda vaqt va pul yo‘qolayotganini birga topamiz.
Audit natijasiga qarab paket va aniq narxni taklif qilamiz. Shartnoma tuzamiz.
Birinchi tizim 2 hafta ichida ishlay boshlaydi. Xodimlaringizni o‘zimiz o‘rgatamiz.
Savollar
Narx ikki qismdan iborat: tizimni bir martalik ulash va oylik obuna. Aniq summa biznesingiz hajmi va qaysi jarayonlarni avtomatlashtirishga bog‘liq, shuning uchun uni bepul auditdan keyin aytamiz. Keraksiz xizmatni sotmaymiz.
Tizim har kuni ishlab turishi uchun: server va ma’lumotlar xavfsizligi, AI xarajatlari, yangilanishlar va yangi imkoniyatlar, texnik yordam hamda oylik hisobot va maslahat. Dasturchi qidirib yurmaysiz — tizim doim ishlaydi va yaxshilanib boradi.
Birinchi tizim shartnomadan keyin 2 hafta ichida ishlay boshlaydi. Ish tartibingizni o‘rganamiz, tizimni moslab quramiz, eski ma’lumotlarni ko‘chiramiz va xodimlaringizni o‘rgatamiz.
Shart emas. Eski ma’lumotlarni yangi tizimga ko‘chiramiz, «Biznes» paketida esa mavjud dasturlaringiz bilan integratsiya qilamiz.
Ko‘p ishlar Telegram orqali bajariladi — uni hamma biladi. Ishga tushirishda xodimlaringizni o‘zimiz o‘rgatamiz.
Yo‘q. Audit bepul va obunachi bo‘lmasangiz ham yo‘qotishlar ro‘yxati va birinchi navbatda nimani avtomatlashtirish kerakligi bo‘yicha xulosa olasiz.